

Joriy mavsumda deyarli barcha o'yinlarda jamoa muxlislari futbolchilarimizni har bir uchrashuvda imkon boricha stadiondan turib qo'llab-quvvatlab kelishmoqda.
13 iyul kuni Qarshida “Nasaf”ga qarshi bo'ladigan bellashuvni ham muxlislar Qarshi “Markaziy” stadionidan turib jamoaga dalda bo'lishga ahd qilishgan.
Muxlislar Qarshi shahriga borib kelishlari uchun maxsus avtobus ajratilgan. Fan klub a'zolari 13 iyul kuni soat 14:00 da Navoiy shahridagi Yoshlik sport majmuasi oldida to'planib, Qarshiga qarab yo'l chiqishadi.
Qo'shimcha savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +99897 322 51 25.



