Qiyinchilikka qaramay, tayyorlanish va kurashish kerak – Vadim Abramov qur'a va start haqida

Khoja
2 fev 2025, 07:35
Superliga-2025 yilgi mavsumiga qur'a tashlangach, Dinamo bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Taqvim unchalik yaxshi keldi, deya olmayman. Ha, baribir turnir davomida barcha raqiblar bilan o'ynashga to'g'ri keladi, ammo birinchi to'rtta o'yindan uchtasini safarda o'tkazish qiyin bo'ladi. Ammo har qanday qiyinchilikka qaramay, yaxshi tayyorlanish va kurashish kerak.

- Bu yil ham mavsumni Namanganda Navbahorga qarshi ochilish o'yini bilan boshlaymiz. Bu turnir starti uchun eng qiyin raqib deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, bunday deb o'ylamayman. Eng asosiysi, Namanganda o'tgan yilgidek hakamlar xatoga yo'l qo'yishmasa bo'ldi, - dedi bosh murabbiy.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @FCDinamo1960