"Qirollik klubi" Neymarni qo'lga kiritish uchun Kazemironi berishga tayyor

18 iyun 2019, 21:45
"Real" klubi PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish uchun beriladigan summani qisqartirish maqsadida Kazemironi berishga tayyorligi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda Marca nashri xabar berdi. Madridliklar Neymarning transfer narxini pasaytirish yo'lida shu variantni tanlashgan. 

Avvalroq, PSJ yaxshi taklif bo'lsa, Neymarni sotishga tayyor ekanligi haqida ma'lumot berilgandi. Jarohatlar bilan o'ralashib qolgan Braziliya terma jamoasi hujumchisi ortda qolgan mavsum 17 uchrashuvda 15 ta gol urdi va 7 marta assist muallifiga aylandi. Uning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com