Qirg'izistonlik Sidiqov Eron klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019
Qirg'iziston terma jamoasi va "Dordoy" klubi yarim himoyachisi Aziz Sidiqov Eronda o'ynaydi.

Futbolchi "Sanat Naft" klubida mavsum oxirigacha ijaraga berildi. Bu haqda Qirg'iziston FF xabar tarqatdi.

"Sanat Naft" – Abadan shahri sharafini himoya qiluvchi, Eron oliy divizioni hisoblangan Pro-Ligada ishtirok etadi.

Sidiqov Qirg'iziston terma jamoasi safida Osiyo Kubogi-2019da ishtirok etdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia