

JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston termasi safida ikki yo'qotish bo'lishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, Sherzod Nasrullaev klubda olgan jarohatidan to'liq qutula olmagan. U Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida. Bu haqda Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Oston O'runov ham bugungi mashg'ulotlarda noqulaylik sezgan.
Ma'lumot uchun, Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin 20 mart kuni, soat 21:00da boshlanadi.



