Qirg'izistonda "Farg'ona vodiysi kubogi" o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
6 okt 2018, 16:20
Osiyo qitasida futbol yildan-yilga jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

Borgan sayin qita klublari o'rtasidagi turnirlar va Osiyo kubogi ishtirokchilari geografiyasi kengayib bormoqda. Bu esa Osiyoning barcha mamlakatlarida ham qo'shni davlatlar futboliga bo'lgan e'tibor ortishiga xizmat qilmoqda.

Shu o'rinda joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Qirg'iziston Respublikasining Batken shahrida qo'shni davlatlar o'rtasidagi aloqalarni sport orqali ham yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Farg'ona vodiysi kubogi” bo'lib o'tadi. Unda Tojikistonning “Xo'jand”, Qirg'izistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, O'zbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar Batken shahridagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda, ushbu klublarning 12 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilari ham o'zaro g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Takidlash joiz, kelasi yillardan ananaviy tarzda o'tkaziluvchi mazkur musobaqada yanada ko'proq ishtirokchilar qatnashishi ko'zda tutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz