Qirg'iziston terma jamoasi bo'lajak o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi

Alisher
4 noya 2019, 16:45
Qirg'iziston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi o'rtoqlik o'yini doirasidagi O'zbekiston, OK-2023 va JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaponiya va Tojikiston termalariga qarshi o'yinlar uchun 23 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Valeriy Kashuba, Pavel Matyash, Kutman Kadirbekov (hammasi – Dordoy)

Himoyachilar: Valeriy Kichin (Dinamo-Minsk, Belarus), Viktor Mayer (Videnbryuk, Germaniya), Ayzar Akmatov, Azamat Baymatov, Aleksandr Mishhenko, Mustafa Yusupov (hammasi – Dordoy), Tamirlan Kozubaev (PKNS, Malayziya), Akramjon Umarov (Alay)

Yarim himoyachilar: Odiljon Abduraxmanov (Alay), Alimardon Shukurov (Boluspor, Turkiya), Axlidin Israilov (klubsiz), Baxtiyar Duyshobekov (Bashundxara Kingz, Bangladesh), Edgar Bernxardt (Kedax, Malayziya), Murolimjon Axmedov, Farxat Musabekov, Bekjan Sagynbaev, Jyrgalbek uulu Kayrat (hammasi – Dordoy), Guljigit Alikulov (Neman, Belarus).

Hujumchilar: Vitaliy Lyuks (Ulm 1846, Germaniya), Mirlan Murzaev (Dordoy).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 9 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/_ffkr