Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Minimum vazifa Osiyo Kubogi-2023ga chiqish"

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2019
Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin va jamoa sardori Valeriy Kichin JCH-2022 saralash bosqichiga qur'a tashlangach o'z fikrlarini bildirishdi.

Qirg'iziston "F" guruhida Yaponiya, Tojikiston, Myanma va Mo'g'uliston bilan o'ynaydi. Ilk uchrashuvni Qirg'iziston 5 sentyabr kuni safarda Tojikistonga qarshi o'tkazadi.

- Normal guruh. Kurashamiz va o'z o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz. Kurasha olishimizni va eng qiyin vaziyatlarda ham taslim bo'lmaslikni isbotlab bo'ldik. Jamoamda xarakter bor. Bizning minimum vazifamiz - Osiyo Kubogi-2023ga chiqish. Kuchimiz etadi, barchasiga real ko'z bilan qaraymiz. Futbolda qilib bo'lmaydigan ishning o'zi yo'q, - deydi Aleksandr Krestinin Qirg'iziston futbol Federatsiyasi matbuot xizmatiga.

- Bizga yaxshi guruh tushdi, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz bor. Barchasi o'zimizga bog'liq. Faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Yaponiya favorit, ammo biz kurashamiz. G'alabali tarixni yozishda davom etamiz!, - deydi Valeriy Kichin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia