Qatarning "Al Rayyan" klubi bugun Xamesning transferini e'lon qilishga tayyorlanmoqda

Alisher
22 sen 2021, 15:52
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Qatarning "Al Rayyan" klubi o'yinchisiga aylanadi.

30 yoshli xavbek shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. "Al Rayyan" o'yinchining rasmiy tizerini e'lon qildi.

Rodriges o'tgan mavsum "Everton"da o'ynadi va 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Qo'shimcha qilish kerakki, "Al Rayyan"ni hozirda Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Loran Blan boshqarmoqda.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlrayyanSC