Qatarni Osiyo chempioniga aylantirgan murabbiy shartnomani uzaytirdi
Aslanov Jasurbek
6 may 2019, 17:00
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches Qatar futbol federatsiyasi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Yangi bitim 2022 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Feliks Sanches 2017 yilda Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi. Sanches qatarliklar bilan 2019 yila BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida g'alaba qozondi.