Qatarga boradigan muxlislarga tuyalardan uzoqroq turish tavsiya etildi

Sherzod Nurmatov
29 okt 2022, 15:20
Qatardagi Jahon chempionati tashkilotchilari ushbu mamlakatga boradigan futbol muxlislarini tuyalarga yaqinlashish qanday xavf tug'dirishi haqida ogohlantirdi.

Gap shundaki, tuyalar xavfli virus – MERS-CoV tashuvchisi bo'lib, u koronavirusdan xavfliroq. Qatarda hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo'lgan ushbu virusni yuqtirish va hatto odamlarning o'limi holatlari qayd etilgan.

Qatardagi Jahon birinchiligi 20 noyabr kuni boshlanadi va 18 dekabrga qadar davom etadi. Bu musulmon mamlakatidagi birinchi Jahon chempionati, shuningdek, yozda o'tkazilmayotgan ilk mundialdir.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun