Qatarda Arab Kubogi pley-off uchrashuvlari o'tkaziladi, hamyurtimiz Farhod Abdullaev nazoratchi vazifasini bajaradi

Xayrulla Xoliqov
13 iyun 2021, 16:26
2022 yil Qatar maydonlarida futbol bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Jahon chempionatiga qadar ushbu mamlakat yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi. Gap arab davlatlari o'rtasida tashkil etiladigan Arab Kubogi-2021 musobaqasi haqida boryapti. 27 aprel kuni mazkur musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tgandi.

Qur'a natijalari:

"A" guruhi: Qatar, Iroq, Ummon/Somali, Bahrayn/Quvayt

"B" guruhi: Tunis, BAA, Suriya, Mavritaniya/Yaman

"C" guruhi: Marokash, Saudiya Arabistoni, Iordaniya/Janubiy Sudan, Falastin/Komor orollari. 

"D" guruhi: Jazoir, Misr, Livan/Djibuti, Liviya/Sudan.


Jamoalarni guruhlarga bo'layotganda FIFA reytingidagi o'rinlaridan kelib chiqildi. Natijada eng yaxshi ko'rsatkichga ega 9ta jamoa to'g'ridan to'g'ri guruhga tushdi. Qolgan 12 jamoa o'zaro pley-off bahsida g'olibni aniqlaydi.

FIFA Arab Kubogi musobaqasi shu yilning ikkinchi yarmida JCH-2022 o'yinlari bo'lib o'tadigan 6ta stadionda tashkil etiladi.

Ungacha esa 19-25 iyun kunlari musobaqaning guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tadi. E'tiborlisi, barcha o'yinlarda hamyurtimiz Farhod Abdullaev hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Pley-off o'yinlarini boshqarish uchun Saud Ali Al Adba (Qatar), Benua Bastien (Fransiya), Daniele Doveri (Italiya), Mustafa Gorbal (Jazoir) kabi hakamlar taklif etilgan. 

Pley-off juftliklari:

19 iyun. Liviya - Sudan

20 iyun. Ummon - Somali

21 iyun. Iordaniya - Janubiy Sudan

22 iyun. Mavritaniya - Yaman

23 iyun. Livan - Djibuti

24 iyun. Falastin - Komor orollari

25 iyun. Bahrayn - Quvayt

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia