Qatar universiteti kampusida Messi muzeyi bo'lmaydi

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022
Xona erkaklar yotoqxonasida bo'lgan, u erga ayollar kirishi taqiqlangan.

Qatar universiteti Lionel Messi xonasi muzeyga aylanishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Universitet vakilining so'zlari noto'g'ri talqin qilingan, universitet bunday muzey ochishni rejalashtirmayapti", – dedi universitetdagi manba.

Universitet vakili, shuningdek, xona erkaklar yotoqxonasi hududida joylashgani, bu erga begonalar, xususan, ayollar kirishi taqiqlangani, shu bois bu erni muzey qilish qiyin bo'lishini tushuntirdi.

Avvalroq Argentina terma jamoasi sardori JCH-2022 vaqtida yashagan xona muzeyga aylantirilishi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Р-Спорт