Qatar U19 - O'zbekiston U19. Evstafeev boshlang'ich tarkibni e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 18:53
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Qatar - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Aleksey Evstafeev ushbu o'yinda ilk daqiqalardan boshlab harakat qiladigan futbolchilar nomini e'lon qildi. twitter.com/UzbekistanU20 sahifasi bergan ma'lumotga ko'ra bugun yoshlarimiz quyidagi tarkib bilan uchrashuvni boshlashadi:

O'zbekiston U19: Sherzodbek Abduraimov, Dostonbek Tursunov, Abbos Otaxonov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Azizbek Mamazoitov, Najmiddin Normurodov, Javohir Sohibov, Durbek Kamolov, Sardorbek Azimov, Zabihillo O'rinboev, Andrey Sidorov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia