

"O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Qatarga qarshi o'yinda qora rangdagi motam bog'ichida maydonga tushadilar. O'zbekiston terma jamoasining murojaatiga ko'ra, Qatarga qarshi o'yin O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi", - deb yoziladi O'FFning telegramdagi rasmiy kanalida.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 6 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.



