Qatar mundial antirekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
21 noya 2022, 09:00
JCH-2022 dastlabki o'yinida mezbon Qatar 0:2 hisobida Ekvadorga imkoniyatni boy berdi.

Qatarliklar uchrashuv davomida raqib darvozasi tomon 5 ta zarba yo'lladi va ularning birortasida ham aniq bo'lmadi.

Qayd etilishicha, Feliks Sanches shogirdlari mazkur natija bo'yicha musobaqa ochilish o'yinlaridagi antirekordni takrorlashdi. Bungacha, Federativ Germaniya Respublikasi (JCH-1978, Polsha – 0:0) va Saudiya Arabistoni (JCH-2018, Rossiya – 0:5) ilk uchrashuvlarda darvoza tomon aniq zarba yo'llay olishmagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: MisterChip