Qatar JCH-2022 Yevropa saralashida qatnashadi

Alisher
10 dek 2020
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z sahifasi orqali Qatar terma jamoasining bo'lajak o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"JCH-2022 tashkiliy qo'mitaning ijrochi direktori Nosir Al Ksater o'zining tvitida UEFA Qatar terma jamoasini Yevropa saralash o'yinlarida qatnashishga taklif etganligi yozdi.

Kechagi qur'adan so'ng 5ta jamoadan iborat 5ta guruh tuzildi. To'rtinchi choraklik kalendar o'yinlari ispan, italyan, francuz va belgiyaliklardan iborat bo'ladi, oktyabrda esa Millatlar Ligasining "final to'rtligi" o'ynaydi.  A guruhidagi bo'sh jamoalar esa Qatar bilan o'ynaydi.

Shunday qilib qatarliklar o'z uylarida bo'ladigan JCHga tayyorgarlik ko'rish uchun Portugaliya, Serbiya, Irlandiya, Lyuksemburg va Ozarbayjon termalariga qarshi ikki marotabadan o'ynashadi.

Ilk o'yin martda Lyuksemburgda bo'lib o'tadi. Endi Bangladeshga qarshi o'yin nega dekabrda bo'lib o'tgani, shuningdek Hindistonga qarshi o'yinning ham nega yanvarda bo'lishi mumkinligi ham ma'lum.

Bu Qatar terma jamoasining JCH-2022 Yevropa saralash o'yinlari uchun taqvimi. Yakunda - Yevropa jamoalariga qadar martdan noyabrga qadar bo'lib o'tadigan 10 o'yin.

Iyun oyida Copa America bo'lib o'tadi va kamida 5ta Janubiy Amerika jamoalariga qarshi o'yinlar bo'ladi. Iyulda esa KONKAKAF Oltin Kubogi va Shimoliy Amerika jamoalariga qarshi kamida 3ta o'yin. Tig'iz va juda qiziqarli yil", - deb yozadi Nikimbaev o'z telegram kanalida.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia