

“Al-Duhail” musobaqa jadvalida 29 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, Sardor Rashidov faoliyat olib borayotgan jamoa 13 ochko to'plagan holda 8 pog'onada turibdi. Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan 20:20da start oladi. Yaqindagina Qatarga ko'chib kelgan xorvatiyalik forvard Mario Manjukich o'yinni asosiy daqiqalardan boshlaydi.




