

Urugvaylik murabbiy Xose Daniel Karreno Qatar 3-saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz boshlangani uchun iste'foga chiqarildi. Bu haqda ahdaaf.me sayti xabar berdi.
Ayni paytda Qatar terma jamoasining wikipedia.org saytidagi sahifasida bosh murabbiy o'rnida "Al Sadd" ustozi Jezualdo Ferreyra nomi yozilgan. Ushbu murabbiy "Portu" va "Sporting" kabi Portugaliya klublaridagi ishi tufayli ko'pchilikka tanish. Ayni paytda u Xavi o'ynayotgan "Al Sadd" klubini boshqarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Qatar 3-saralash bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda Eron (0:2) va O'zbekiston (0:1) jamoalariga yutqazib qo'ydi. Qatar 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi va 11 oktyabr kuni o'z uyida Suriyani qabul qiladi.



