Qatar amiri Mbappe bo'yicha qarorini ma'lum qildi

Alisher
6 apr 2020, 13:00
Forvard Kilian Mbappe mavsum so'nggida PSJdan kyetmaydi.

Bunday qarorni klubning xo'jayini, Qatar amiri Tamim bin Xamad Al Tani qabul qildi.

"Shamol bo'ladi, qor va yomg'ir yog'adi, ammo Mbappe qoladi, bu amirning xohishi", - deydi vaziyatga yaqin insonlardan biri.

Oldinroq, PSJ o'yinchisiga "Real" qiziqayotganligi borasida xabarlar yangragandi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini ham ko'rib chiqmaydigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L’Équipe