

Turning qiziqarli bahsi Qarshi shahrida bo'lib o'tdi . “Qarliq” jamoasini taqib qilib kelayotgan qamashining “Zafar” jamoasi “Turon” jamoasi bilan o'zaro kuch sinashdi. Qamashiliklar bu uchrashuvda 5:2 hisobida ishonchli g'alabani qulga kiritishdi.
Qamashiliklar ushbu turdan so'ng, ochkolari sonini 9 taga etkazib olishdi. Ular hozir jadvalda karvonboshilik qilishmoqda.
Yakkabog'ning “Semrug'” jamoasi o'z maydonida “Hisor” jamoasini qabul qildi. Uch uchrashuvdan buyon mazmunli o'yin ko'rsatayotgan yakkabog'lik futbolchilar nihoyat 3-turda keshliklar ustidan 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi. Bu orqali ular mavsumdagi mavsumdagi dastlabki 3 ochkoni qulga kiritishdi.
Ushbu turda “Nasaf-FM” , ”Chiroqchi” jamoalari dam olishdi.
O'rin | Jamoalar | O'yin | Ochko |
| 1 | “Zafar” (Qamashi) | 3 | 9 |
| 2 | “Qarliq” (Mubrak) | 3 | 9 |
| 3 | “Sho'rtan-FM” (G'uzor) | 3 | 6 |
| 4 | “Nishon” (Nishon) | 2 | 6 |
| 5 | “Qarshi” (Qarshi) | 3 | 4 |
| 6 | “Navbahor” (Kasbi) | 2 | 4 |
| 7 | “Novqat-CITY (Kasbi) | 3 | 4 |
| 8 | “Mashal -FM” (Muborak) | 3 | 4 |
| 9 | “Hisor” (Shaxrisabz) | 3 | 4 |
| 10 | “Olimpiya” (Qarshi OZK) | 3 | 4 |
| 11 | “Chiroqchi” (Chiroqchi) | 3 | 3 |
| 12 | “Semurg'” (Yakkabog') | 2 | 3 |
| 13 | “Turon” (Qarshi QSKXK) | 3 | 3 |
| 14 | “Alanga” (Koson) | 3 | 3 |
| 15 | “Ko'kdala” (Chiroqchi) | 3 | 3 |
| 16 | “Nasaf-FM” (Qarshi) | 2 | 1 |
| 17 | “Binokor” (Qarshi) | 3 | 1 |
| 18 | “Kitob” (Kitob) | 3 | 0 |
Faxriddin Choriev tayyorladi



