Qashqadaryo chempionati. “Hisor” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi

Xayrulla Xoliqov
23 sen 2017, 12:17
Qashqadaryo viloyat ichki chempionati ikkinchi davrasining dastlabki tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur turning 6 uchrashuvida besh g'alaba va bir durang qayd etildi. Uchta o'yinda maydon egalari raqiblar darvozasiga ko'proq to'p kiritishgan. Ikkita g'alabani safarda Shahrisabzning “Hisor” hamda Kasbining“Navbahor” jamoalari qo'lga kiritishdi. Faqatgina “Olimpiya” va “Po'lati” jamoalar o'rtasidagi keskin bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Ushbu turda “Mashal-FM” jamoasiga texnik g'alaba yozildi. Chiroqchining  “Chiroqchi” jamoasi noma'lum sabablarga ko'ra “Mashal-FM”  jamoasini o'z maydonida qabul qilmadi. “Nasaf-FM” tayyorlov guruhlari o'rtasida mamlakat birinchiligida ishtirok etayotgani boisi  viloyat chempionatidagi tur uchrashuvlari qoldirildi.

19-turdan keyingi vaziyatda “Sho'rtan-FM” 38 ochko bilan turnir jadvalida hamon karvonboshilik qilmoqda. Suhrob Azizov boshchiligidagi Shahrisabzning “Hisor” jamoasi safardagi muhim g'alabadan so'ng 18 uchrashuvda 12 g'alaba va 37 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. 

“Ko'kdala”jamoasi uchinchi pog'onadagi o'rnini Kasbiining“Navbahor” jamoasiga bo'shatib berdi. “Nasaf” golkiperi Sanjar Quvvatovning otasi Hoshim aka Quvvatov boshchiligidagi “Navbahor” esa “Qarliq” bilan kechgan o'yinda 2:1 hisobida ustun keldi. Kasbiliklar 34 ochko bilan uchinchi pog'onaga yuqoriladi. 

19-tur natijalari 
“Novqat-CITY”-“Hisor” 0:1
“Sho'rtan”-“Ko'kdala” 4:3
“Alanga”-”Binokor” 5-2
“Nishon”-“Turon” 7:3
“Qarliq”-“Navbahor” 1-2
“Olimpiya”-“Po'lati” 1:1

20-tur uchrashuvlari
23 sentyabr
“Po'lati”-“Navbahor”
“Qarliq”-“Novqat-CITY”
“Hisor”-“Alanga”
“Binokor”-“Nishon”

24 sentyabr
“Zafar”-“Turon”
“Ko'kdala”-“Olimpiya”
“Sho'rtan-FM”-“Chiroqchi”
“Mashal-FM”-“Nasaf-FM”

Faxriddin Choriev.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia