Qanday shartnoma taklif qilinmasin, Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmaydi

Alisher
15 okt 2021, 13:23
Hujumchi Kilian Mbappe PSJdan ketmoqchi va "Real"ga o'tmoqchi.

22 yoshli francuz parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Uning qarori klub unga taklif qiladigan maosh miqdorida emas.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Kilian PSJda 2017 yildan beri o'ynaydi, bunga qadar esa "Monako" sharafini himoya qilgan.

Futbolchini yozda "Real" xarid qilishni juda ham xohlagan edi, ammo Parij klubi bitimni rad etdi.

Shu bilan birga "Real" hujumchiga dastlabki taklifni berdi. Mbappega 6 yillik shartnoma va bir mavsum uchun 40 mln evro maosh taklif qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS