"Qaldirg'ochlar" muxlislarni "Bunyodkor" stadioniga chorlamoqda

Tolibjon Qosimov
20 avg 2019, 12:02
Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida 26 avgust (dushanba) kuni bo'lib o'tadigan poytaxt derbisi – "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bellashuvni "Bunyodkor" stadioni qabul qiladi.

Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.

Shu tariqa, "qaldirg'ochlar", nihoyat, o'z uy stadionlariga qaytishmoqda. "Bunyodkor" o'z stadionida so'nggi marta 2018 yilning 24 noyabr kuni maydonga chiqqandi. O'sha kuni toshkentliklar Bekobodning "Metallurg" klubini 1:0 hisobida mag'lub etgandilar.

"Bunyodkor" futbol klubi barcha futbol ixlosmandlarini 26 avgust kuni chimi yangilangan "Bunyodkor" stadionida o'tadigan qizg'in poytaxt derbisiga chorlab qoladi!

"Bunyodkor" muxlislar uchun o'ynaydi!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com