

“To'rt yildan beri Turindaman. O'zimni bu yerda qulay his qilyapman. Ushbu fantastik klub uchun o'ynashdan baxtliman. Ayni damda jamoadagi eng tajribali futbolchilardanman. Shuning uchun o'zimni “Yuventus” uchun juda ham kerakli futbolchilardan biri deb hisoblayman. Men rejalarida YCHLni yutish kerak bo'lgan klubdaman”, - deydi Pyanich.
Avvalroq futbolchiga MYUning jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.



