Pyanich: "Sarri "Yuventus"dagi o'yinchilariga ishonch bildirmagan"

Alisher
24 okt 2020, 13:40
Hozirda "Barselona"da o'ynayotgan "Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich Turin klubi sobiq ustozi Mauricio Sarri haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Sarri o'z o'yinchilariga ishonmagan va bu meni xavotirgan solgan. Murabbiy insonlarni xato baholagani achinarli. "Yuventus"dagi har bir futbolchi klubning muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha ishni qilishgan.

Siz bir yoki ikki o'yinchilar bilan til topisha olmasligingiz mumkin, ammo bu ularning jamoaga sodiqligiga va g'alaba qozonish xohishiga ta’sir ko'rsata olmaydi.

Muammo borligiga qaramasdan hech kim Sarrining darajasiga shubha qilmagan. Ammo biz oxir-oqibat yana Italiya chempioniga aylandik va buni bo'lishi kerak narsadek qabul qilmaslik kerak", - deydi Pyanich.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport