Punto Pelota: Messi yozda Barselonadan ketadi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013, 18:09
Barselona hujumchisi Lionel Messi mavsum yakunida klubni tark etadi, deb xabar bermoqda Punto Pelota.
FIFA agenti Fransua Galyardoning aytishicha futbolchining rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgan.

Bir oyi ichida Messi va rahbariyat o'rtasiga sovuqchilik tushdi, futbolchi klubdan ketmoqchi.

Gap shundaki sentyabr oyida Messi Barselonadan o'zining maoshini ko'tarishni so'ragandi, klub bunga rozi bo'lgandi. Biroq bir oy o'tgach klub fikridan qaytganini ma'lum qilgandi.

Messi ketishga qaror qildi, asosiy sababi Neymar undan ko'p maosh olishi, – deydi Galyardo.

Aynan Galyardo Garet Beyl Tottenxemdan Realga o'tishini birinchi bo'lib yozgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru