Unda Toshkent jamoalariga omad kulib boqdi. Ayniqsa, “Lokomotiv-BFK”ning g'alabasi uning turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib olishini taminladi. Shuningdek “Zomin” ham o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi. 4-o'rin egasi esa, so'nggi turda aniqlanadigan bo'ldi. Quyida bugungi o'yinda qayd etilgan natijalar bilan tanishib olishingiz mumkin.
6-tur. 14 oktyabr (dushanba)
“Bunyodkor-2” – “G'allakor” 0:2
“Surxon” - “Lokomotiv-BFK” 0:2
“Xotira-79” – “Zomin” 2:2
Eslatib o'tamiz, turnir jadvalida 1-2-o'rinni egallagan jamoalar keyingi yil ham birinchi ligada ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritadi. 3-4-o'rinni band etgan jamoalar esa ayni paytda birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etayotgan va turnir jadvalida 15-16-o'rinlarni band etgan jamoalar bilan kuch sinashadi. Yani 3-o'rin sohibi, birinchi ligadagi 16-o'rinni egallagan jamoa bilan o'zaro o'yin o'tkazsa, 4-o'rin egasi esa 15-o'rinni band etgan klub bilan to'qnash keladi.
7-tur. 16 oktyabr (chorshanba)
“Buxoro-2” - “Bunyodkor-2”
“G'allakor” – “Surxon”
“Lokomotiv-BFK - “Xotira-79”
Islombek Rustambekov
6-tur. 14 oktyabr (dushanba)
“Bunyodkor-2” – “G'allakor” 0:2
“Surxon” - “Lokomotiv-BFK” 0:2
“Xotira-79” – “Zomin” 2:2
6-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
1 | LOKOMOTIV-BFK (Toshkent) | 5 | 4 | 0 | 1 | 13-8 | 12 |
2 | XOTIRA-79 (Uychi) | 5 | 3 | 2 | 0 | 14-7 | 11 |
3 | ZOMIN (Zomin) | 6 | 2 | 3 | 1 | 11-7 | 9 |
4 | G'ALLAKOR-AVTOMOBILCHI (G'allaorol) | 5 | 2 | 1 | 2 | 5-8 | 7 |
5 | SURXON (Termiz) | 5 | 1 | 2 | 2 | 5-7 | 5 |
6 | BUNYODKOR-2 (Toshkent) | 5 | 1 | 1 | 3 | 7-10 | 4 |
7 | BUXORO-2 (Buxoro) | 5 | 0 | 1 | 4 | 6-13 | 1 |
Turnir taqvimiga ko'ra, jamoalar ertaga dam oladi. 16 oktyabr kuni esa musobaqaning eng so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Aytish joizki, dastlabki 3ta o'rin egasi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Endi 4-o'rin uchun chorshanba kuni jiddiy kurash kechadi. So'nggi turda to'qnash keladigan “Buxoro-2” - “Bunyodkor-2” qarama qarshiligi hech nima anglatmaydi. Bu jamoalar birinchi ligada qolishdan allaqachon umidlarini uzishgan. Endi ular shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga tushishadi.