Pulishich mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. U "Chelsi" tarkibida 14 avgustdan beri o'ynamadi

Alisher
29 okt 2021, 11:37
"Chelsi" vingeri Kristian Pulishich "Nyukasl"ga qarshi APL 10-tur doirasidagi o'yin oldidan jamoa bilan mashg'ulotlarga qo'shildi.

23 yoshli Pulishich klub safida 14 avgustdan beri o'ynamadi, u so'nggi bor "Kristal Pelas"ga qarshi APL 1-tur doirasida o'ynab, o'z goli bilan o'z jamoasiga yordam bergan edi.

Kristian sentyabrda AQSH terma jamoasi ixtiyorida jarohat oldi - bu uning "Chelsi"da ikki yildan ortiq davom etgan faoliyatidagi oltinchi jiddiy jarohati bo'ldi.

Pulishichning jarohat sabab 10 kun maydonga tusha olmasligi aytilgan edi, ammo bu muddat ko'payib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com