Puch 3 ta klubdan kelgan taklifga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2021, 22:01
Futbolchi "ko'k-anorranglilar" safini tark etmaydi.

"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch 3 ta klub taklifini rad qildi. Bular – "Granada, "Selta" va "Ayaks". Ular o'yinchini ijaraga olmoqchi edi, ammo Puchga takliflar maqul kelmadi.

Futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganiga qaramasdan, Kataloniya klubidan ketmoqchi emas. 

21 yoshli xavbek o'tgan mavsumda La Liga doirasidagi 14 ta o'yinda maydonga tushdi.

Oldinroq "Barsa" Langle bilan xayrlashishi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es