"PSJ"dan "Real"ga o'tish uchun Anchelotti o'z yonidan 3,5 million to'lagan

Tolibjon Qosimov
24 sen 2013, 19:22
"Real" prezidenti Florentino Peres Anchelottning "PSJ"dan "Real"ga o'tishi jarayonining ayrim detallarini oshkor qildi.
Uning so'zlariga ko'ra Parij klubiga umumiy hisobda 7 million evro to'langan ekan.

"Anchelottining "Real"ga kelib qo'shilishi umumiy hisobda 7 million evroga tushgan. Bu pullarning teng yarmini biz, yarmini esa, Karloning o'zi "PSJ"ga to'lagan. Menimcha bu to'g'ri qaror bo'lgan", - deya Peresning so'zlaridan Cadena Ser iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru