PSJ moliyaviy feyr-pley tufayli Di Mariyani sotib olomaydi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014, 15:58
PSJ Real yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani o'z safiga qo'shila olmaydi.
Parijliklar moliyaviy feyr-pley tufayli argentinalik futbolchini sotib ololmaydi.

Parijliklar Chelsi himoyachisi David Luizni 50 million evro evaziga sotib olishdi. UEFAning PSJga bergan jazosiga ko'ra ushbu yozda parijliklar transferlar uchun 60 million evrodan ko'p sarflay olishmaydi.

Shunday qilib, Di Mariyani olish uchun PSJ o'zining asosiy futbolchilaridan birini sotishi kerak. Ammo rahbariyat yetakchi futbolchilarni sotmasligini ma'lum qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru