PSJ Lavessini "Yuventus"ga 20 million evroga sotishga tayyor
Aziz Tukhtamuradov
4 avg 2014, 21:20
"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Esekiel Lavessi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Napoli"ning sobiq futbolchisiga "Inter", "Milan" va "Yuventus" jamoalari tomonidan qiziqish bildirilgan edi. Lekin, futbolchining o'zi turinliklar safiga borib qo'shilishni istamoqda.
Parijliklar futbolchini 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar.