

Niderlandiyaning PSV klubi Serjino Destni "Barselona"dan to'liq sotib olmoqchi. Himoyachi ushbu mavsum PSV tarkibida ijarada harakat qilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, PSV klubi Destning shartnomasidagi to'liq sotib olish opciyasini aktivlashtirmoqchi. Ushbu bandga ko'ra, futbolchi uchun 10 mln evro to'lanishi kerak bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Dest ushbu mavsum PSV tarkibida 13 ta uchrashuv o'tkazib, ularning barchasida boshlang'ich tarkibda maydonga chiqqan.



