PSJning yangi sardori ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
15 sen 2020, 20:20
Himoyachi Markinos parijliklar sardoriga aylandi.

Avvalroq, bu nom Tyago Silvaga tegishli edi. U joriy transfer oynasida erkin agent sifatida “Chelsi”ga o'tdi.

26 yoshli Markinos 2013 yil 31,4 mln evro evaziga “Roma”dan PSJga transfer qilingan. Shu paytgacha u klub libosida jami 283 o'yinda maydonga tushib, 25 ta to'p kiritishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Get French Football News