PSJning sobiq futbolchisi Grizmanning yangi jamoasi nomini aytdi

Mirjalol Normatov
29 mar 2019, 00:16
PSJning sobiq futbolchisi Jerom Roten "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning yangi jamoasi nomini aytdi.

"Grizmann "Barselona"ga o'tadi. Bu ishonchli manbalardan menga ma'lum. Barchasi hal bo'lgan. Biroq hozirda boshqa ma'lumot bera olmayman. Chunki uning "Atletiko" bilan shartnomasi bor. "Barselona" Grizmanning tovon pulini to'lashga rozi bo'lgan", - dedi Roten.

Oldinroq "Atletiko" Grizmann uchun 200 million evro so'rayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe