PSJga Genduzi kerak emas

3 sen 2020, 08:23
Parijliklarga Matteoning xizmatlari taklif etildi.

“Arsenal” yarim himoyachisi Matteo Genduzining xizmatlari PSJga taklif qilindi, biroq parijliklar bu taklifni rad etishgan. PSJ Matteoni hatto zaxira futbolchisi sifatida ham olmasligini bildirgan.

Qayd etish joiz, Genduzining londonliklar ustozi Mikel Arteta bilan munosabati yaxshi emas. Shu boisdan uning klubdan ketishi takidlanmoqda.

Matteo 2018 yildan beri “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports