

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar yozda Madrid klubiga taklif yubormoqchi.
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachining universalligini yuqori baholaydi. Futbolchi vakillari transferni muhokama qilish uchun parijliklar bilan uchrashishdi.
Joriy mavsumda Isko "Real" safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.



