

PSJ Yevropa chempionlar ligasi qaydnomasiga Marko Verratti va Yugo Ekitikeni kiritmadi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
Ekitikening qaydnomaga kiritilmaganiga sabab, hujum chizig'idagi kuchli raqobat hisoblanadi. Verratti esa "Al Arabi"ga o'tishga yaqin. Shu sabab ham PSJ bu ikki futbolchini Evrokuboklar uchun ro'yxatdan o'tkazmadi.
Ma'lumot uchun, PSJ YCHLda o'lim guruhida joylashgan. Parij klubi "Milan", "Borussiya D" va "Nkasl" bilan kurash olib borishadi.



