PSJ va "Napoli" klublarining sobiq hujumchisi faoliyatini yakunladi

27 noya 2019, 23:59
"Napoli" va PSJdagi faoliyati bilan sizga yaxshi tanish bo'lgan Esekiel Lavessi faoliyatini yakunladi.

"Xebey Chayna Forchun" klubi sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli hujumchi bu haqida "Guanchjou Evergrand"(1:3) klubiga qarshi bahs yakunida ma'lum qildi.

"Ushbu o'yinni uzoq eslayman, chunki bu mening faoliyatimdagi so'nggi o'yin edi. Men bolalarim va oilam davrasida ko'proq vaqt o'tkazishni xohlayman. Qaror qabul qilib bo'ldim va bu to'hriligiga 100% aminman", – deydi argentinalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru