PSJ ustozi: "Axlat otish va yoqimsizlik yaxshi sotiladi"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2024, 13:22
Kecha tunda YCHL 1/8 final javob o'ynlariga start berildi.

Fransiya chempioni PSJ Ispaniyada "Real Sosedad"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Uchrashuvdan keyin parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Kilian Mbappe bilan munosabatlari yaxshi ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Oldinroq forvard ham jamoa bosh murabbiyi bilan muammolari borligini rad etgandi.

"Albatta menda u bilan hech qanday muammo yo'q. Lekin, Axlat otish va yoqimsizlik yaxshi sotiladi. Bu siz ham bilasiz.

Haqiqat? Kimga haqiqat kerak? Menda biror o'yinchi bilan muammo yo'q", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com