PSJ ukrainalik futbolchining transferi uchun qancha sarflashi ma'lum

Khoja
16 iyun 2025, 10:08
“Bornmut“ himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini PSJda davom ettirishga yaqin.

Tomonlar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi. Parijliklar himoyachi uchun “Bornmut“ga 60 million evro to'laydi. Futbolchining o'zi bilan esa 2030 yilning yoziga qadar shartnoma tuziladi.

Ilya Zabarniy 2023 yilda “Bornmut“ bilan mehnat shartnomasini imzolagan. Ukrainalik ingliz klubi tarkibida 86 ta o'yin o'tkazib, “gol+pas“ tizimida “1+1” ko'rsatkichini qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 42 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com