PSJ tekinga De Xeani qo'lga kiritishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 apr 2019
PSJ joriy mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar yozda erkin agentga aylanadigan yarim himoyachisi Ander Errera va darvozabon David De Xeani tekinga qo'lga kiritmoqchi.

De Xea hamda MYU o'rtasidagi yangi shartnoma borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chagan kirib qolgan. 28 yoshli ispaniyalik jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqchi, ammo "qizil iblislar" unga haftalik maoshi 350 ming funt bo'lgan bitim taklif qilmoqchi emas.

PSJ esa de Xeaning bu shartini bajarishga tayyor. Ammo posbon Errera kabi "Old Trafford"da qolmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent