

“Ramos o'yin oldidan mavsumdagi ishtirokini hisobga olib, klubda qolishni xohlayotganini aytdi. Eh, bu qanday sovg'a! U oyiga milliondan ortiq maosh oladi.
Ha, qo'ldan kelgan barcha titullarni yutding, ammo klubda qolmoqchi bo'lsang, ovozingni o'chirib, maydonda o'zingni ko'rsatishing kerak”, deydi Roten.
Eslatib o'tamiz, Ramos "Loryan" (5:1)ga qarshi Fransiya chempionati doirasidagi o'yinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U yanvardan beri ilk bor PSJ tarkibida o'ynadi va muxlislar futbolchini xushtaklar bilan kutib oldi.



