PSJ sobiq a'zosi: “Messi oldingidek emas, u parijliklar tarixida iz qoldirolmaydi”

Eldor Akmurzayev
15 fev 2022, 09:00
PSJ sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten hujumchi Lionel Messini tanqid qildi.

“Messi PSJda iz qoldirolmaydi. U boshqa klubning yigiti, “Barsa” uning hayoti. Shuningdek, bu shaharga ham taaluqli. U dam olish uchun Barselonaga borib keladi.

U 34 yoshida 2 yillik shartnoma imzoladi. Albatta, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi, ammo endi Messi oldingidek emas. U avvalgidek o'ynay olmaydi. Bundan tashqari, eng muhimi unda yaxshi jamoa va sheriklar yo'q. Klubda o'zini yaxshi his etish kerak, ayni dam PSJga moslashish bilan bog'liq muammolar ko'p. Aynan shu sabab u Ibragimovich kabi iz qoldirolmasa kerak deb o'ylayman.

PSJning tarixi qisqa bo'lsa-da, ammo Rai, Luis Fernandesga o'xshagan buyuk futbolchilar bo'lgan edi... Messi esa bu ro'yxatga kirmaydi”, deydi Roten.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca