PSJ Simonsni PSVdan 6 million evroga xarid qilmoqchi

Alisher
5 iyul 2023
PSJ PSV yarim himoyachisi Xavi Simonsni qaytarmoqchi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Parij klubi yarim himoyachini 6 million evroga xarid qilish bandidan foydalanishga qaror qildi. Bu band o'yinchining o'tgan yili PSVga o'tishidagi bitimga qo'shilgan edi.

Endi transfer Simonsga bog'liq. U PSJning taklifini qabul qilishi borasida 25 kun ichida javobini aytishi kerak.

Simonsning PSV bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum jamoa tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano