PSJ shifokori Di Mariyada uyqusizlik va depressiya borligini ma'lum qildi. U o'zini zombi kabi tutmoqda

Alisher
2 iyun 2020, 11:15
PSJ shifokori klub rahbariyatiga yarim himoyachi Anxel Di Mariyaning xolatidan xavotirda ekanligini ma'lum qildi.

Tibbiy shtab vakilining aytishicha, 32 yoshli argentinalik futbolchi uyqusizlik va depressiyani boshdan kechirmoqda.

Bunga Liga 1'ning erta yakunlangani sabab bo'lmoqda. Eslatib o'tamiz, PSJ yakunda chempionga aylandi, jamoa joriy mavsumdagi oxirgi o'yinini esa martda o'tkazgan.

Di Mariyaning rafiqasi esa yaqinlariga eri o'zini zombi kabi tutayotganligini aytgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: GFFN