PSJ Roysni nishonga olgan

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016, 10:20
PSJ murabbiylar shtabi Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Marko Roys xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi parijliklarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Roysning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozigacha belgilangan, badal puli esa ko'rsatilmagan.

Roys joriy mavsumda Bundesliganing 22 uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe