

Manbaning xabariga ko'ra, Liga 1 giganti "Nyukasl" futbolchisi Sven Botmanga ko'z tikkan. Parijliklar 23 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro tayyorlamoqda. Shu bilan birga, ingliz klubini futbolchini sotishga ko'ndirish oson bo'lmasligi qayd etilgan.
Sven Botman o'tgan yozda "Lill"dan "Nyukasl"ga o'tgandi. O'shandan beri himoyachi "zebraranglilar" safida 30 ta rasmiy o'yin o'tkazdi, biroq samarali harakatlar qayd etmadi.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl” hozirda APL turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.



