PSJ Ramosga 20 million evro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
16 noya 2020, 14:39
PSJ "Real" himoyachisi Serxio Ramosni xarid qilmoqchi.

Parijliklar ispaniyalik futbolchiga soliqlarni olib tashlagandan so'ng 20 million evrolik maosh va 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Fransiya klubi 34 yoshli o'yinchiga shuningdek bonus berishga ham tayyor. Klub transfer qoidasini buzmaslik uchun o'yinchiga 2021 yilning 1 yanvariga qadar rasmiy taklif bermaydi.

Shu bilan birga "Real" bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazayotgan Ramos hozirgi klubida qolishga tayyor. Futbolchi "qirollik klubi" bilan hozirgi maoshi - 12 mln evro (soliqlardan so'ng) bilan shartnoma imzolamoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As